07:02 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
1204 0 0

Oʻzbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda – kelgusi haftada ayrim hududlarda havo harorati -3 darajagacha tushib ketishi mumkin.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Yaqin kunlarda Oʻzbekistonga birinchi qish sovugʻi  kirib keladi, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya markazi.

“3 – 5 noyabr kunlari Oʻzbekiston hududida Gʻarbiy Qozogʻistondan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Ayrim hududlarda tunda havo harorati -3 darajagacha sovuq boʻlishi mumkin”,  - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston hududida 4−5 noyabr kunlari  havo harorati tunda 0 ... +5 darajagacha tushishi, togʻli hududlarda -1...-2  darajagacha sovib ketishi mumkin. Kunduzi harorat +8…+13 daraja boʻladi.

Shimoliy hududlarda tunda havo harorati −3…+2 daraja, kunduzi +3…+8 darajani tashkil qilishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududida 3 – 4 noyabr kunlari yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shamol tezligi 18−23 m/s dan 25−28 m/s gacha boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston tomonidan esgan sovuq shamol tufayli Oʻzbekistonda ilk yomgʻirlar 30 oktyabrda boshlangan edi.

Asosiy mavzular