02:16 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
336 0 0

Ertaga Toshkentda boʻlib oʻtadigan SHHT davlatlari bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish yetib kelgan Xitoy hukumati delegatsiyasi va Oʻzbekiston orasida 8ta hujjat imzolandi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Bugun, 1 noyabr kuni Xitoy Davlat Kengashi Bosh vaziri tashrifi doirasida 8ta hujjat imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri TIV matbuot xizmatiga asosan.

Hujjatlar roʻyxati quyidagicha:

- Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Radioeshittirish va televideniya ishlari boʻyicha bosh boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;

- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi oʻrtasida elektron savdo sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv Memorandumi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha ishchi guruhni tashkil toʻgʻrisida Anglashuv Memorandumi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Bojxona bosh maʼmuriyati oʻrtasida karantin ostidagi mahsulotlarni uchinchi mamlakatdan tranzit orqali eksport va import qilishda karantin talablari toʻgʻrisida Bayonnoma;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati oʻrtasida Oʻzbekistondan Xitoyga anor eksport qilish boʻyicha fitosanitariya talablari toʻgʻrisida Bayonnoma;

- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Simulyatsiya va modellashtirish kompleks amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida Bitim;

- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida texnikaviy-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;

- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim.

Maʼlumot uchun, ertaga Toshkentda boʻlib oʻtadigan SHHT davlatlari bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun 10dan ortiq davlat hukumat dulugatsiyalari bugun Toshkentga yetib kelishni boshladi. Xitoy hukumati delegatsiyasi bugun ertalab birinchilardan boʻlib yetib kelgan edi.   

Asosiy mavzular