06:40 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
121131

Toshkentda yoʻnalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi oʻrniga davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtishi nazarda tutilmoqda.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Toshkentda yoʻnalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi oʻrniga davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Bugun yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan yangiliklarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, 2019 yil 1 iyul holatiga 6837 ta litsenziyalangan transport vositasi qayd etilgan boʻlsa, 3 oy ichida bu koʻrsatkich 8 363 taga yetdi, oʻsish 122 %ni tashkil etdi yoki 1526 taga ortdi.

Hozirda Toshkentda yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan 8788 ta transport vositalari tegishli ruxsatnomalar asosida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Lekin bu koʻrsatkich shaharda yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashish xizmatini koʻrsatuvchi tashuvchilarni toʻliq qamrab olmagan. Tashuvchilarning noqonuniy faoliyat koʻrsatishning asosiy sabablardan biri – bu hanuzgacha litsenziya talablarining yuqoriligi.  

Yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashishni toʻliq qonuniylashtirish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi davrida talabidan kelib chiqqan holda yoʻnalishsiz taksi faoliyatini soddalashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjat loyihasiga asosan yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun yoʻnalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi oʻrniga davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtishi nazarda tutilmoqda.

Bu esa oʻz navbatida shu sohadagi yuridik shaxslarni davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi jadal surʼatlar bilan rivojlanayotgan taksi xizmatini buyurtma qilish interaktiv xizmatlarini qonuniylashtirish va interaktiv xizmatlar boʻyicha tegishli nizom tasdiqlanishi ham koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular