21:13 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
208 0 0

Bugun Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida rasm chizish boʻyicha “Maftunkor ranglar jilosi” respublika koʻrik tanlovi tashkil qilindi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. 2 noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida rasm chizish boʻyicha “Maftunkor ranglar jilosi” respublika koʻrik tanlovi tashkil qilindi.

Press-slujba Ministerstva Yustitsii
V Tashkente obʼyavili pobediteley konkursa "Maftunkor ranglar jilosi"

Tanlov Adliya vazirligi va Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirildi.

Press-slujba Ministerstva Yustitsii
V Tashkente obʼyavili pobediteley konkursa "Maftunkor ranglar jilosi"

"Tanlov Oʻzbekiston prezidentining Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha birinchi tashabbusini amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshqa tanlovlardan ushbu tanlovning ajralib turishining eng katta farqi boʻldi. Tanlovda ishtirok etgan bolalar ularning imkoniyatlari cheklanganligiga qaramasdan hayotga boʻlgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi va bu borada boshqalarga oʻrnak boʻlganliklari sababli ularning barchasi 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular