20:41 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
105400

"Oʻzgidromet" prognozi amalga oshdi - Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlarida qor yogʻdi, ayni damda Nukus va unga yaqin shaharlarda yomgʻir yogʻmoqda.

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Qoraqalpogʻistonning ayrim hudularida birinchi  qor yogʻdi, ayni damda Nukus va boshqa joylarda yomgʻir yogʻmoqda, deb xabar qilmoqda qoraqalpogʻistonlik jurnalist Yulduz Jumagaliyeva.

“Qoraqalpogʻistonda birinchi qor yogʻdi. Albatta ajoyib, lekin ustyurtliklar bundan xursand emas. Odamlar ‘qancha ishimiz qolib ketdi’, deyapti”, — deb yozgan jurnalist.

Yuqoridagi surat bugun tongda olingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzgidromet juma kuni Gʻarbiy Qozogʻiston tomondan kelgan sovuq havo oqimi tufayli Oʻzbekistonning shimoliy hududlarida havo harorati -3 darajagada tushib ketishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular