12:37 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
116730

Shahnoza Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida singlisi bilan bir paytlardagidek dildan suhbatlashishga endi vaqt yetmayotgani va bundan koʻpincha xomush tortishi haqida yozgan

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Bugun prezidentning toʻngʻich qizi - Saida Mirziyoyevaning tavallud ayyomi. Hamkasblari va yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda uni tavallud ayyomi bilan qutlashdi. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida eng birinchilardan boʻlib Saidaning singlisi - Shahnoza Mirziyoyeva tabrik soʻzlarini joyladi.

"Biz ulgʻaydik, turfa tashvishlar paydo boʻldi, sizning oʻrningiz menga juda bilina boshladi va baʼzan bundan ranjirdim ham, lekin Yaratgan, ayni oʻzingiz boʻlgan jajjigina Rankani yuborib, menga baxt ato etdi! Endi bir boʻlagingiz hamisha meni yonimda )))))", - deb yozgan Shahnoza oʻzining Instagramida.

Tabriklarga Shahnozaning turmush oʻrtogʻi - Otabek Umarov ham qoʻshilgan. U Saidaga hamisha shunday - irodali, mehribon va oʻziga ishongan boʻlib qolishlikni tilagan.

Saida Mirziyoyeva i Shaxnoza Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva i Shaxnoza Mirziyoyeva

"Siz men uchun qadrli boʻlgan akajonimning quvonchi, suyukli rafiqasisiz. Farzandlaringiz Miromon va Saodatxonlar doimo oʻz yutuqlari bilan koʻnglingizni togʻdek koʻtarib yurishlariga tilakdoshman! Omad, quvonch va mehr hayotingizda hamisha hamroh boʻlsin", - deb taʼkidlagan Umarov.

Shuningdek, AOKA rahbari Komil Allamjonov, aktrisa Raʼno Shodiyeva va boshqa koʻplab ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari Saidaga oʻz dil izhorlarini yozib qoldirganlar.

Asosiy mavzular