Istanbulda ish joyida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

© AFP / YASIN AKGULMashini skoroy pomoshi vozle mesta terakta v Stambule
Mashini skoroy pomoshi vozle mesta terakta v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Uning ish joyida texnika xavfsizlik choralari ko‘rilmagani borasidan tekshiruv olib borilmoqda.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Istanbulda 31-oktabr kuni og‘ir jarohatlar bilan “Çorlu Devlet Hastanesi” shifoxonasiga yotqizilgan bemor Z.V. vafot etdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIVning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

“Konsullik va huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamurtimizning jasadi dafn qilish uchun vatanga yuborildi.

Marhumning ish joyi “Yıldız Taşlama” fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda xizmat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0