03:22 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
89 0 0

Chirchiqda boshlangan oʻzbek - hind harbiy oʻquv mashgʻulotlari ochilish marosimida ikki davlat mudofaa vazirlari - Bahodir Qurbonov hamda Radjnat Singx ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi “Chirchiq” poligonida Oʻzbekiston  va Hindiston hamkorligidagi “Doʻstlik – 2019” taktik oʻquvlari boshlandi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Oʻquv mashgʻulotlarining ochilish marosisimida Oʻzbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari Bahodir Qurbonov hamda Radjnat Singx ishtirok etishdi.

“Chirchiq” poligonida mehmonlar oʻzbekona urf-odatlar xos ravishda tantanali tarzda kutib olindi. Undan soʻng mehmonlar dala-oʻquv maydoni infratuzilmasi, bu yerda boʻlinmalar uchun yaratilgan sharoitlar, shaxsiy tarkib uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar, - deyilgan xabarda.  

“Doʻstlik – 2019” hamkorlikdagi taktik oʻquvlar joriy yilning 13 noyabriga qadar davom etadi. Ushbu mashgʻulotlar ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga qaratilgan boʻlib, harbiy xizmatchilar uchun tajriba almashish imkoniyatini beradi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular