O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV vozraste 84-x let skonchalsya krupniy predstavitel karakalpakskogo yazikoznaniya, akademik Akademii nauk Respubliki Uzbekistan Xusniddin Xamidov.
V vozraste 84-x let skonchalsya krupniy predstavitel karakalpakskogo yazikoznaniya, akademik Akademii nauk Respubliki Uzbekistan Xusniddin Xamidov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpoq tilshunosligining yirik namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Husniddin Hamidov vafot etdi.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Qoraqalpoq tilshunosligining yirik namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Husniddin Hamidov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Husniddin Hamidov 1935-yil 5-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tug‘ildi. 1955-yili ikki yillik o‘qituvchilar institutini tugatib, o‘z faoliyatini o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshladi. Keyinchalik Qoraqalpoq pedagogika institutida tahsil olib, 1967-yilda nomzodlik, 1991 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 

1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi, 2000-yilda haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim o‘zining qariyb 60-yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, Qoraqalpoq davlat universitetida professor, kafedra mudiri vazifalarida samarali mehnat qildi va qoraqalpoq tilshunosligi sohasidagi dolzarb masalalarni ilmiy tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi. 

Til tarixi bo‘yicha chuqur izlanishlar olib borgan, qadimiy qo‘lozmalar ilmiy tavsifini yaratgan olimning “Qoraqalpoq tili tarixi ocherklari”, “Eski qoraqalpoq tilining yozma yodgorliklari”, “Berdaq qo‘lozmalari merosi” kabi monografiyalarida qoraqalpoq adabiy tili normalarining shakllanishi muammolari eski o‘zbek adabiy tili bilan uzviylikda ochib berilgan.

Husniddin Hamidov jamoat ishlarida ham faol qatnashib, 1995-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 

Ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan jonkuyar ustozning bevosita rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan.

Yangiliklar lentasi
0