06:44 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
335 0 0

Rossiyalik mashhur avto-bloger: Mercedes AMG GT 63 - uncha zoʻr emas ekan-u, lekin Oʻzbekistonga gap yoʻq!

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Rossiyalik avto-bloger Erik Davidыch sentyabr oyida Oʻzbekistonda suratga olgan videosini internetga chiqardi.

Videolavha boshida Davidыch Oʻzbekistonga uni taklif qilgan va ushbu videoni suratga olish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan Otabek Umarovga minnatdorlik bildirgan.

Videoning maqsadi - Mercedes AMG GT 63 S 4MATIC+ avtomobilning test-drayvi hisoblanadi. Ushbu test-drayvni aynan Toshkentda suratga olish esa – Oʻzbekistonni dunyoda yanada kenroq tanitish, sayyohlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi.

Videolavha davomida Erik Davidыch bir necha bor Toshkentning ajoyib manzaralarini, yoʻllarini, diqqatga sazovor joylarini, Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarni va eng asosiysi - mehmondoʻst oʻzbek xalqini olqishlaydi.

Ketish oldidan esa rossiyalik bloger maxsus ajratilgan maydonchada, toʻplangan yosh muxlislar oldida avtomobilda bir necha bor aylanib “drift” namoyish etdi va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

“Mening nomimdan butun Oʻzbekistonga, oʻzbek xalqiga ulkan minnatdorligimni yetkazib qoʻying. Biz albatta qaytib kelamiz. Hammangizga katta rahmat”, - dedi bloger.

Eslatib oʻtamiz, Erik Davidыch, rossiyalik eng mashhur avto-blogerlardan biri. U avtomobillar mavzusida juda koʻp va qiziqarli videolar suratga olgan, koʻplab avtomobillarni test-drayv qilgan. Unga tegishli boʻlgan smotraTV yutub-kanalining doimiy obunachilari soni 3,6 milliondan ortiq.

Asosiy mavzular