Toshkentda ayrim toifa yuridik shaxslar uchun suv narxi oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMoyka avtobusa
Moyka avtobusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda barcha tijoriy faoliyat yurituvchi korxonalar uchun suv ta’minoti va oqava suv narxi oshirildi.

TOShKENT,  6 noya – Sputnik. Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan ayrim toifadagi yuridik shaxslar uchun suv ta’minoti hamda oqava suv bo‘yicha narxlar oshirildi. Bu haqida Toshkent hikimiyatining Moliya boshqarmasi deklaratsiyasida aytib o‘tilgan, "Suvsoz" DUP xabariga asosan.

Xususan, 2019-yil 16-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida III guruh tijoriy iste’molchilari bo‘lgan  yuridik shaxslar uchun quyidagi stavkalar joriy etilmoqda:

  • suv ta’minoti – 1 m3 uchun 730 so‘m QQSsiz;
  • oqava suv - 1 m3 uchun 460 so‘m QQSsiz.

I va II guruhlar iste’molchilari uchun – narxlar o‘zgarishsiz qoldi, ya’ni suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 310 so‘m QQSsiz, oqava suv bo‘yicha - 1 m3 uchun 250 so‘m QQSsiz.

Fontan  - Sputnik O‘zbekiston
Qaynoq favvora: Toshkentdagi Nukus ko‘chasida issiq suv quvuri yorilib ketdi

Shuningdek, Toshkent shahri iste’molchilar uchun, ichimlik suv ta’minoti xizmatlari uchun shahar hokimining 2018-yil 12-yanvardagi 69-sonli qarori bilan belgilangan 100 so‘m m3 miqdoridagi maxsus ustama to‘lov miqdori ham saqlanib qolingan, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdori 100 so‘m m3 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Cuv ta’minoti va oqava suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bo‘yicha iste’molchilar uchta guruhga bo‘lingan:

I – xususiy uy-joylarda va ko‘p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar;

II – issiqlik ta’minoti tashkilotlari, ISKX tashkilotlari, Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, budjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, XUMSh;

III – I va II guruhga kirmagan tashkilotlar.

Yangiliklar lentasi
0