Butunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansida O‘zbekiston raislik qiladi

© Davlat turizm qo‘mitasiButunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansi kengashi Toshkentda
Butunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansi kengashi Toshkentda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilotning asosiy maqsadi etnik sport turlarini rivojlantirish orqali an’anaviy o‘yinlarni saqlab qolish. Respublikada bu toifadagi ilk tadbirlar kelgusi yildan o‘tkazila boshlanadi.

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. Joriy yil 5-noyabr kuni Toshkentda Jahon etnosporti va Butunjahon strongmen federatsiyasi alyansi kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda Butunjahon Strongmen Federatsiyasi va Butunjahon etnosport alyansi rahbarlari ishtirok etib, respublikada mazkur sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.  

Butunjahon Strongmen Federatsiyasi va Butunjahon etnosport alyansi («World Ethnosport») kengashining   matbuot anjumanida OAV vakillariga «UzReport» axborot agentligining bosh direktori Ravshanxon Djurayevni Butunjahon Strongmen Federatsiyasi prezidenti va Butunjahon etnosport ittifoqi kengashi raisi etib, Abdulaziz Aqqulov esa O‘zbekistonda yangi tashkil qilingan Etnosport va strongmenlar federatsiyasi rahbari etib tayinlangani haqida e’lon qilindi. 

© Davlat turizm qo‘mitasiButunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansi kengashi Toshkentda
Butunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansida O‘zbekiston raislik qiladi - Sputnik O‘zbekiston
Butunjahon strongmen federatsiyasi va jahon etnosport alyansi kengashi Toshkentda

O‘zbekistonda World Strongmen Cup 2020 Jahon seriyasi musobaqalari Xivada iyun oyidan boshlab o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Etnosport Chellenj va Pahlavon Mahmud nomidagi "BAHODIRLAR O‘YINI"  II Xalqaro turniri ham bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadi. 

Jahon etnosport jamiyati 2012-yil 6-fevralda Monrealda (Kvebek, Kanada) ro‘yxatga olingan. Kengashning 2018-yil 7-iyundagi qarori bilan jamiyat o‘z nomini "Jahon etnosporti"ga o‘zgartirdi.

Tashkilotning asosiy maqsadi etnik sport turlarini rivojlantirish orqali an’anaviy o‘yinlarni saqlab qolishdir.

Sport turizmini targ‘ib qilish bo‘yicha 17-oktabrdan 22-oktabrgacha O‘zbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida “Aral Marathon” I Xalqaro ekologik marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya arafasida O‘zbekistonning olti shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo‘ynoqda o‘tkazildi. 

Butunjahon strongmen federatsiyasi kuchli atletika sohasidagi mashhur tashkilot hisoblanadi. Mazkur federatsiyaga Rossiya, Hindiston, Latviya, Buyuk Britaniya, Marokash, Braziliya, Gretsiya, Vengriya, Niderlandiya kabi dunyoning 30 ta mamlakati a’zo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0