01:04 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
310 0 0

Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtincha uzilish boʻladi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. 6-7 noyabr kunlari Olmazor tumani, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtincha uzilish boʻladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, 6 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining “Sogʻbon 1-2 tup”, “Qizil tut”, “Paxta”, “Langar”, “Lentochniy”, “Qoʻsh tut”, “Muhokama” koʻchalarida va “Zarqaynar” supermarketlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish boʻladi.

Buning sababi transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlarining olib borilishidir.

Shuningdek, Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlari hamda Xorazm viloyatining Xonqa, Bogʻot, Hazorasp, Pitnak tumanlarida Taxiatosh-Xorazm-Sarimoy yoʻnalishidagi tarmoqlarda 220 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmogʻining oʻtkazilishi va “Taxiatosh issiklik elektr stantsiyasi”dagi 7 energo blok taʼmirlanayotganligi sababli 6-7 noyabr kunlari  elektr energiyasida uzilishlar boʻladi.

Asosiy mavzular