00:43 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
22310

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Unga koʻra, Toshkent shahar IIBB uch (2020-2022) yil davomida 523 dona zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Ular orasida tez tibbiy yordam mashinasi (HUNDAI), Treker, Lasetti, Neksiya-3, Spark va Damas transport vositalari koʻrsatilgan.

Shuningdek, hujjatga 2020 yilda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari va hudud aholisining farzandlari uchun quriladigan va kapital taʼmirlanadigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari roʻyxati ilova qilingan.

“qurish va kapital taʼmirlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, shuningdek ichimlik suvi va oqava suv tashqi muhandislik tarmoqlarini koʻchirish hamda qurish, obʼyektlarning atrof hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari Toshkent shahrining mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”, - deyilgan loyihada.

Asosiy mavzular