13:24 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
67001

1983 yilning aprel oyi oxirida sershovqin Moskvadan ancha olisdagi osoyishta Buxoroda mahalliy OBXSS boshligʻi qamoqqa olinishi istiqbolda ulkan evrilishlarning, nafaqat Sovet Ittifoqini, butun dunyoni larzaga keltirgan oʻzgarishlarning muqaddimasi edi.

TOSHKENT, 6 noyab - Sputnik. Asar muallifi rossiyalik tarixchi, yozuvchi Fyodor Razzoqov Oʻzbekistonga Sharof Rashidov tavalludining 102 yilligi arafasida Oʻzbekistonga keldi. Tashrifi davomida yozuvchi oʻzining “Spasti Rashidova! Andropov protiv SSSR. KGB igrayet v futbol” (“Rashidovni qutqarish! Andropov SSSRga qarshi. KGB futbol oʻynaydi”) asarini taqdimotini oʻtkazdi.

Prezentatsiya “Spasti Rashidova! Andropov protiv SSSR. KGB igrayet v futbol”
Asarning Jizzax Politexnika universitetidagi taqdimoti

1983 yilning aprel oyi oxirida sershovqin Moskvadan ancha olisdagi osoyishta Buxoroda eng katta rahbar emas – mahalliy OBXSS boshligʻi qamoqqa olindi. Bir qaraganda, juda oddiy koʻringan bu voqea katta evrilishlarning, nafaqat Sovet Ittifoqini, butun dunyoni larzaga keltirgan oʻzgarishlarning muqaddimasi edi.

"Sovet ittifoqi Bosh kotibi Yuriy Andropov boshlagan “hududiy tozalash” SSSR barbod boʻlishiga sababchi boʻlgan Mixail Gorbachyov va uning “qayta quruvchilari” hokimiyatga kelishiga sharoit yaratdi. Chekistlarning hokimiyatni olishdan oldingi yurishi mashhur “oʻzbeklar ishi” deb nomlangan partapparatga birinchi katta hujumidan boshlangandi. Andropov komandasi bu kurashda gʻalaba qilish uchun Moskva partapparatida katta taʼsirga ega boʻlgan Oʻzbekiston yetakchisi Sharof Rashidovni obroʻysizlantirish va yoʻldan olib tashlashini rejalashtirgan edi”, deyiladi asarning birinchi bobida. 

Rossiyalik yozuvchi nega aynan Oʻzbekiston toʻgʻrisida, sobiq tuzumdagi siyosiy toʻs-toʻpolonni, bu davrda oʻzbek siyosatchisining hayot va mehnat faoliyatini yoritishni maqsad qilib olganligining sabablari haqida soʻralganida, “Oʻzbekiston mening kichik vatanim (biograf otasi asli oʻzbekistonlik -  tahr.). Uning buyuk oʻgʻlonlari haqida yozishni burchim deb bilaman”, deya javob qaytardi.

2019 yilda Moskvadagi “Knijniy mir” nashriyotida chop etilgan ushbu asarda nafaqat Oʻzbekistonda oʻtgan asarning oxirlarida sodir boʻlgan voqealar, balki dunyo geosiyosatida katta oʻzgarishlar boshlanishining badiiy publitsistik manzara tasvirlab berilgan. 

Maʼlum qilinishicha, biografiya oʻzbek tiliga tarjima qilinib, yaqin kunlarda oʻzbek tilli kitobxonlar eʼtiboriga taqdim etiladi.

Asosiy mavzular