23:47 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Deleniye kletki

Olimlar saraton tarqalishining toʻxtatish usulini aniqlashdi

CC0 / Pixabay / Colin Behrens
Jamiyat
Havola olish
1033 0 0

Taʼkidlanishicha, aksariyat hollarda saraton kasalligidan oʻlish saraton hujayralarining boshqa organlarga tarqalishi tufayli roʻy beradi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Amerikalik olimlar miyada saraton hujaylarining tarqalishiga koʻmaklashuvchi oqsilni aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida eʼlon qilingan.

Gap CEMIP oqsili haqida bormoqda. Aniqlanishicha, oqsil miyadagi qon tomirlar va immunitetga ega hujayralarni yalligʻlanish molekulalarini ishlab chiqarishga undaydi.

Hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajriba shuni koʻrsatdiki, CEMIPni toʻsib qoʻyish saratonning jalalash (metastaz) jarayonini toʻxtatib qoʻygan.

Taʼkidlanishicha, aksariyat hollarda saraton kasalligidan oʻlish saraton hujayralarining boshqa organlarga tarqalishi tufayli roʻy beradi. Eng xavfli holatlardan biri bu miyada jalalab ketishidir.

Olimlar CEMIP oqsilini nazorat qilish shifokorlarga saraton xastaligini davolashda va ularning rivojlanish xatarlarni prognozlashda yordam berishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq frantsuz olimlari GDF11 oqsili qarishga qarshi kurashishi va tanani saraton kasalligidan himoya qilishini aniqlashgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular