TOShKENT, 7 noya - Sputnik. 6 noyabr kuni soat 23:00 dan 8-noyabr kuni soat 06:00ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarda vaqtincha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qilmoqda.
Buning sababi Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli va Ohangoron ko‘chalari kesishmasidagi D-1400 mm ichimlik suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani.
“Suvsoz” DUK tomonidan ushbu manzillarga ichimlik suvini yetkazib berish choralari amalga oshiriladi.
Quyida tarmoqdan uziladigan manzillar ro‘yxati keltirilgan:
- Parkent ko‘chasida;
- Parkent 3-berk ko‘chasida;
- Parkent 4-berk ko‘chasida;
- Issiq suv ko‘chasida;
- Issiq suv 1-tor ko‘chasida;
- Qarnoq ko‘chasida;
- Mirzo Ulug‘bek tumani DSENM binosida
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ayrim toifa yuridik shaxslar uchun suv narxi oshirilgani xabar qilingan edi.