O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon ochildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyenniy poligon
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyenniy poligon  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.

Ushbu dala-o‘quv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, “O‘zbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab o‘quvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyenniy poligon
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyenniy poligon  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyenniy poligon

2/4

3/4

4/4

Tantanali marosimda so‘z olgan mudofaa vaziri dala-o‘quv maydoni qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Bu kabi poligonlar mamlakat himoyasi uchun bel bog‘laganlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni bo‘lishini ta’kidladi.

Ochilish marosimidan keyin zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari ko‘zdan kechirildi. Askar va ofitserlar oshxonasi ko‘zdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf bo‘lgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

O‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan o‘quv joylarida bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0