08:53 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekistanets, postradavshiy v DTP v Krasnodare , dostavlen na rodinu

Hech bir reys yetkazishni xohlamagan “yotoq” bemor Oʻzbekistonga olib kelindi

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
171 0 0

Krasnodar oʻlkasida halokatga uchragan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. U juda jiddiy jarohat olgan edi. Shu sababli uni Oʻzbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan edi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida halokatga uchragan Oʻzbekiston fuqarosi Ravshan Toʻxtamatov 5 noyabr kuni Oʻzbekistonga olib kelindi.

Bemorni vatanga qaytarishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi birlashgan.

Oʻzbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bergan maʼlumotlarga koʻra, Krasnodar oʻlkasida 5 nafar fuqaro YTHga uchragan. Ular orasida ushbu fuqaro ham boʻlgan.  

U juda jiddiy jarohat olgan, unda suyak sinishlari, ichki aʼzolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma qayd etilgan. “Yotoq” bemorini samolyotda Oʻzbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.

Asosiy mavzular