08:21 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekskiy pasport

Toshkent propiskasi necha kishiga berilgani maʼlum boʻldi

© Galina Sapayeva / «Gazeta.uz»
Jamiyat
Havola olish
18810

Shu yil 10 oy davomida doimiy propiska Toshkentda 32 380 kishiga, Toshkent viloyatida 7 462 kishiga berildi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Shu yil 10 oy davomida Toshkentda doimiy propiska 32 380 kishiga, Toshkent viloyatida 7 462 kishiga berildi, deb maʼlum qildi MvaFRBB xorijiy fuqarolarni hisobga olish boʻlimi boshligʻi Dilshodbek Murodbekov. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, 4 951 nafar shaxsga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi.

Shuningdek, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 847 317 nafar fuqaroga biometrik pasportlar, 781 376 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportlari taqdim etildi.  

Bugun AOKAda “Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda. Anjumanda Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular