08:31 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbы

Qancha Oʻzbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov
Jamiyat
Havola olish
47310

Rossiyaga kirishga taʼqiq borligini bila turib chegaradan noqonuniy oʻtishga harakat qilgan fuqarlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilgan, dedi Sputnik muxbiriga Toshkent viloyati IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Ulugʻbek Mirzoqambarov.

“480 000 nafar Oʻzbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga kirishga taʼqiq qoʻyilgan, lekin ular buni bila turib chegarani buzib borishmokda. Fuqarolarimizga huquqiy savodxonlik yetishmayapti”, - dedi IIBB xodimi.  

Rossiya qonunchiligiga koʻra, ikki va undan ortiq marta maʼmuriy huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3 yil muddatga taʼqiq qoʻyilishi mumkin.

Agar xorijiy ifuqaro, ushbu taʼqiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yoʻl bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, yanada qattiqqoʻl jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migratsiya xizmatining rasmiy saytida oʻzlariga nisbatan taʼqiq qoʻyilganmi yoʻqmi tekshirishlari kerak.

Undan tashqari, fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston hududida ham xorijga chiqishni taʼqiqlovchi choralar qoʻllanilgan boʻlishi mumkin. Masalan aliment, soliq yoki kreditdan qarzlari boʻlsa. Buni MIB saytidan tekshirib koʻrsa boʻladi.

Asosiy mavzular