08:05 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

"Ikki soatlik yolgʻon" - Yuriy Dud filmi haqida oʻzbek jurnalistining fikri

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Jamiyat
Havola olish
305 0 0

Ayrim blogerlar erinmay oʻzbek tiliga tarjima qilgan Yuriy Dudning "Qoʻrquvlarimiz vatani" filmi "ikki soatlik yolgʻon" boʻlib chiqdi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Oʻn daqiqalik yolgʻonni fosh etish uchun 10 kunlik mehnat kilishiga toʻgʻri keladi, 2 soatlik yolgʻonni fosh etishga qancha mehnat ketishini tasavvur qilib koʻring, deb yozadi Sof.uz kolumnisti Mirziyod Mirusmonov.

Maqolada kolumnist rus blogeri Yuriy Dudning ushbu “hujjatli” filmini erinmay tarjima qilgan oʻzbek blogerlariniyam uni tomosha qilib “sovet davri naqadar dahshatli boʻlgan ekan” degan fikrga kelgan yoshlarni ham "tabriklab", ularning quloqlariga yaxshilab “lagʻmon osishganini” yotigʻi va isboti bilan tushuntirib bergan.

Faqat birgina fakt, Dud filmida 1930 – 1956 yillarda 20 million kishi lagerlar orqali oʻtgani xabar qilingan, vaholanki 100 marotaba tekshirib tasdiqlangan tarixiy hujjatlar boʻyicha butun sovet davrida 1918 – 1987 yillarda jami 7 million kishi qamoqqa olingan.

Buni hatto "sovet hukumati jinoyatlari"ni oʻrganuvchi asosiy uyushmalardan biri "Memorial"ning sobiq boshligʻi Arseniy Roginskiy ham tan olgan, deb yozadi kolumnist.

Xullas filmda boʻrttirib koʻrsatilgan, lekin aslida boʻlmagan faktlarga toʻla tahlil bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular