09:19 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ochered, arxivnoye foto

 Oʻzbekiston fuqaroligini olmoqchi boʻlgan shaxsga rad javobi berildi. Nima qilish kerak?

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
53110

Oʻzbekistonda 2007 yildan 2016 yilga qadar biror shaxsga fuqarolik berilmagan - IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi axborotidan

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda joriy yil oʻn oyi davomida 4951 nafar fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar fuqarolikka qabul qilingan. Shularning 578 nafariga fuqarolikka qabul qilishda rad javob berilgan, dedi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Nodir Ziyayev. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

"Rad javobi turli sabablarga koʻra berilgan", - dedi umumiy qilib IIV vakili.

Ziyayevga koʻra, "rad javobi berilgani fuqarolik berilishi toʻliq toʻxtatildi, degani emas". Ziyayev rad javobini olgan fuqarolarga yana bir yildan keyin hujjat topshirishni maslahat berdi.

IIV axborotiga koʻra, 1991 yildan 2007 yilgacha Oʻzbekistonda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan boʻlsa, shundan soʻng 2016 yil dekabr oyigacha birorta shaxsga fuqarolik berilmagan.

Ammo endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Xususan, 2017 yildan shu bugungacha Oʻzbekiston fuqaroligini olgan shaxslar soni 8 mingdan oshgan. "Bu ham muhtaram prezidentimizning tashabbusi bilan boʻlayapti", - deb qayd etdi IIV vakili.

Taʼkidlanishicha, yillar davomida rad javobi berilib kelayotgan fuqarolar, hech ham umidsizlikka tushmasliklari muhim, sababi, 2017 yildan shu kunga qadar 30 mingga yaqin fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqarolikka hujjat topshirgan.

Ayni vaqtda Oʻzbekistonda fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar soni 49 228 nafarni tashkil etadi.

Asosiy mavzular