23:51 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
272 0 0

Bundan avval Svetlana Artikova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan Artikova Svetlana Baymirzayevna Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Vosemnadtsatoye plenarnoye zasedaniye senata Oliy Majlisa RUz
Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Artikova tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Svetlana Artikova 1962 yilda tugʻilgan, Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Koʻp yillar davomida prokuraturada ishlagan. 2010-2014 yillarda u Senat Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga rahbarlik qilgan. 2014 yilda Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Asosiy mavzular