13:24 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Boyevaya strelba raschetov zenitnыx raketnыx kompleksov (ZRK)

Oʻzbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Jamiyat
Havola olish
271 0 0

Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan. Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi zenit-raketa majmualari sanoqli soniyalarda shartli dushmanni butkul zararsizlantirgan.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Navoiy viloyatidagi  “Qulquduq” havo-yer harbiy poligonida Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi zenit-raketa majmualari muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, sinov “Musaffo osmon” taktik-oʻquv mashgʻuloti davomida oʻtkazilgan va Oʻzbekiston havo sarhadlari ishonchli qoʻllarda ekanini yaqqol isbotlangan.

Taʼkidlanishicha, jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirilgan. Dastlab, harbiy aviatsiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qoʻyib yuborilgan. Havodagi jism haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarga tayangan holda raketa jangovar holatda otilgan. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirilgan.

Shundan soʻng, uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga moʻljallangan zenit-raketa majmuasi oʻz “ish”ini boshlagan. Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan.

Shaxsiy tarkib boshqaruv va qoʻmondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga olgan. Soʻngra yuqori qoʻmondonlikning “Nishon yoʻq qilinsin!” buyrugʻiga binoan havo-yer raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yoʻnalish olgan.

“Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi. Qoʻyilgan jangovar vazifa aʼlo darajada bajarildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi FD-2000 rusumli raketalarni ilk bor sinovdan oʻtkazishi haqida xabar qilgan edik. FD-2000 (boshqa nomi HQ-9) - Xitoyda ishlab chiqariladigan zenit raketa majmuasi boʻlib, u katta maydonlar havo hujumida himoya  qilish uchun xizmat qiladi.

Asosiy mavzular