14:22 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
bedarak yoʻqolgan Abdulloh Tohirov

Yoʻqolib qolgan Abdulloh Tohirov yuzasidan ilk bayonot berildi

© A.Tohirov
Jamiyat
Havola olish
52501

Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, "boshqa idora" shugʻullanayotganligi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Soʻnggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bogʻliq xabarlar tarqalmoqda, deya boshlanadi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi axborot xizmati tarqatgan xabar. Bu oʻzbekistonlik jamoat tashkilotlar tomonidan voqea yuzasidan berilgan ilk bayonot.

Aytilishicha, Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat boʻyicha bir necha kun avval oʻrganish ishlarini boshlagan.

“Bizga maʼlum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shugʻullanmoqda va tez orada bu holat boʻyicha rasmiy maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilayotgani maʼlum qilingan.

Bayonot yakunida jarayonning ochiq va shaffof oʻtishi, holat bilan bogʻliq aniq maʼlumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishiga istak bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoq va oʻzbekistonlik internet yangiliklar portallari tarqatgan xabarlarga koʻra,  20 yashar andijonlik Abdulloh Tohirov joriy yil 26 oktyabrda Andijon IIBga chaqirtirilgan va shu kundan fuqaro toʻgʻrisida hech qanday darak mavjud emas.

Asosiy mavzular