00:03 23 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Silnыy snegopad v Tatarstane

"Noqulay ob-havo": TIV Qozogʻistonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
305 0 0

Xabarda aytilishicha, Qozogʻistonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yogʻishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yoʻllarda kutilmagan holatlar sodir boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonga ketayotgan oʻzbekistonliklarni noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi. 

Xususan, Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati Qozogʻistonga borayotgan yoki uning hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini ob-havo sharoiti tufayli ehtiyot choralarini koʻrishni soʻramoqda.

Xabarda aytilishicha, Qozogʻistonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yogʻishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yoʻllarda kutilmagan holatlar sodir boʻlishi mumkin.

Shu sababli TIV konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston fuqarolari avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan oʻtishda ehtimoliy risklarni hisobga olishlari va tegishli choralar koʻrishlari zarurligini bildirdi.

Zarurat tugʻilganda quyidagi havolada koʻrsatilgan telefon raqamlari boʻyicha murojaat qilish mumkin.

Asosiy mavzular