23:27 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Nochnoy Tashkent

Tirbandlik, avtoturargoh va yoʻl chiziqlari: IIV yangi qaror tayyorladi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
57810

Oʻzbekiston boʻylab qoʻp qavatli avtoturargohlarni barpo etish dasturi tayyorlanishi, shuningdek, koʻcha va yoʻllardagi yoʻl chiziqlari Rossiyada ishlab chiqilgan nitrobuyoq bilan chizilishi mumkin.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlash nazarda tutilgan.

Hujjatda aytilishicha, 2020 yil yanvar oyida aholi gavjum boʻladigan bozorlar, savdo markazlari, avtoshohbekatlar yaqinida piyodalar yer osti va yer usti oʻtish joylari hamda avtoturargohlar, shuningdek zaruratdan kelib chiqqan holda koʻp qavatli avtoturargohlarni bosqichma-bosqich barpo etish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish toʻgʻrisida vazifalar qayd etilgan.

Shuningdek, avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatida avtomobil yoʻllarn taʼmirlash va jihozlash boʻyicha tadbirlar belgilangan.

Bundan tashqari, yoʻl xaritasi loyihasida samaradorligi yuqori boʻlgan nitrobuyoqni Toshkent shahrida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, unga qadar Rossiyada ishlab chiqarilgan nitrobuyoqni xarid qilish masalasini hal etish tadbiri bayon etilgan.

Respublikada harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yoʻl xaritasida jami 12 ta tadbir belgilangan.

Hujjat loyihasi 23 noyabrgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular