22:51 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Portfel s dokumentami

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida masʼul lavozimga tayinlandi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
148 0 0

Prezident farmoyishiga asosan Zikirilla Maxmudov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻʼba mudiri lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Prezident farmoyishiga asosan Maxmudov Zikirilla Abbosovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻʼba mudiri lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Maxmudov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2006 yilda Toshkent islom universitetini, 2010 yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. U oʻz mehnat faoliyatini 2006 yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Asosiy mavzular