22:38 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Laureat Nobelya v Tashkente

"IT-tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytiring" -Dan Shextman

© IT-park Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Nobel mukofoti sovrindori ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yoʻllari toʻgʻrisida oʻzbekistonlik yoshlar bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Shu kunlarda Oʻzbekistonda boʻlib turgan Nobel mukofoti laureati Dan Shextman respublikaning IT-parkiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Isroil davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Azimjon Nazarov, IT-park bosh direktori Farhod Ibragimov, shuningdek IT-park startap jamoalari vakillari ishtirok etdi.

IT-park vakillari koʻplab xorijiy tadbirkorlari Oʻzbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga gapirib berishdi. Shuningdek, IT-park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga oʻz loyihalari taqdimotini oʻtkazdilar.

Professor Dan Shextman oʻz chiqishi davomida oʻzbekistonlik yosh olimlarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berdi.

Soʻzining yakunida Nobel sovrindori IT-park vakillarini IT-tashkilotlar oʻrtasidagi netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarida keng miqiyosda ishtirok etishlariga undab qoldi.

Asosiy mavzular