18:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Gruzovыe furы

Yuk avtotransportlarida xalqaro yuk tashish turini aniqlash mezonlari belgilandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF
Jamiyat
Havola olish
126 0 0

Shuningdek, ushbu qaror bilan yuklarni tashishning aynan qaysi tashish turiga kirishini aniqlash mezonlari belgilandi.

TOSHKENT, 9 noya - Sputnik. “Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Qarorga muvofiq, yuklarni yuk avtotransport vositalarida xalqaro tashishning quyidagi turlari farqlanadi:

- ikki tomonlama tashishlar;

-  tranzit tarzidagi tashishlar;

- uchinchi davlat hududiga yoki uchinchi davlat hududidan tashishlar.

Shuningdek, ushbu qaror bilan yuklarni tashishning aynan qaysi tashish turiga kirishini aniqlash mezonlari belgilandi.

Qarorga koʻra, xalqaro yuk tashish turini belgilash tartibi avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular