14:03 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
254 0 0

Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumaniga start berildi/

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqandda bugun, 10 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumaniga start berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri voqea joyidan.

Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11ta – Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda asosiy eʼtibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSH, Yevropa Ittifoqi) asosiy oʻyinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning oʻzi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, eʼtiborga molikdir.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019 yilda oʻtkazilgan anʼanaviy Valday anjumanida, Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlik tamoyillari haqida fikr bildirar ekan, kelajakda jahonda oʻrnatiladigan yangi tartibni belgilab bergan edi.

Oʻninchi Osiyo anjumani ishtirokchilari jahon va mintaqa yetakchilari qarashlarini tahlil qiladilar, ushbu maydonning kelajagiga doir oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadilar.

Ikki kunlik anjuman dasturidan Rossiya-Oʻzbekiston ikkiyoqlama sessiyasi, shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokidagi sessiyalar oʻtkazilishi nazarda tutilgan. Ularda asosiy eʼtibor: mintaqaning dunyodagi ishlardagi roli, xavfsizlik chaqiriqlari, iqtisod orqali birgalikdagi hamkorlik va kelajakka yondashuvlar masalalariga qaratiladi.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular