13:43 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
217 0 0

Prezident qarori bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berildi.

Bunda, tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 martga qadar sogʻliqni saqlash va FHDYO organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi barcha tugʻruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.

Asosiy mavzular