01:52 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Aistы - simvol Nezavisimosti

Oʻzbekistonda Rossiya, Xitoy va Hindiston ishtirokida ulkan bozor yaratiladi - ekspert

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
1268 0 0

Oʻzbekiston tabiiy boyliklari va insoniy resurslar jihatidan Markaziy Osiyo hududidagi eng qiziq mamlakat – ekspert.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiya, Xitoy va Hindistonni jalb etgan ulkan bozor tashkil qilinadi, deydi Valday klubi eksperti, Germaniya-Rossiya forumi ilmiy direktori, Aleksandr Rar. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

"Oldin bunday umumiy hamkorlikka shariot yoʻq edi. Hozir Markaziy Osiyoda hududida yagona umumiy bozor yaratilmoqda. U juda katta bozor boʻlib, unga Rossiya ham, Xitoy ham Hindiston ham jalb etiladi. Bu investorlarni jalb qilish uchun katta imkoniyat boʻladi. Men gʻarbiy investorlar bu borada oʻzlarini gʻarbiy diplomatlardan koʻra yaxshirok koʻrsatishadi deb umid qilaman", - deydi Aleksandr Rar.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatimiz juda ijobiy. Biz Oʻzbekistonni uzoq kutgan edik. Yevropada siz bilan bogʻliq biznes faollashmoqda. Oʻzbekiston tabiiy boyliklari va insoniy resurslar jihatidan Markaziy Osiyo hududidagi eng qiziq mamlakatdir.

Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11ta – Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 60dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda asosiy eʼtibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSH, Yevropa Ittifoqi) asosiy oʻyinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning oʻzi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, eʼtiborga molikdir.

Tadbir uchun Oʻzbekistonning birinchi prezidenti – marhum Islom Karimovning Samarqanddagi qarorgohi ajratilgan.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular