12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Molodojenы v Samarkande

Oʻzbekistonda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari ochiladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
42910

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman (shahar)larida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etish taklifi tayyorlandi.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman (shahar)larida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada yozilishicha, markazlarning asosiy vazifalari:

- zamonaviy oilaning namunali shaklini xamda “Oila jamiyat va davlat ximoyasida” konstitutsiyaviy printsipini, “Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi” kontseptual gʻoyasini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

- nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;

- nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashish;

- mashgʻulotlar, nazariy-amaliy kurslar, mahorat saboqlari, davra suhbatlari, seminar-treninglarni ilgʻor ijobiy xorijiy tajribalarni inobatga olib, oʻquv jarayoniga eng soʻnggi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va reklama-axborot usullarini joriy etgan holda tashkil etish;

- yosh oila holati va rivojlanishini har tomonlama oʻrganish, jumladan monitoring tadqiqotini tashkil etish.

Hujjatga yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari toʻgʻrisida nizom loyihasi ilova qilingan.

“FHDYO organi tomonidan nikohga kirish uchun ariza bergan shaxslarga markazlarda bepul va ixtiyoriylik asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishlari mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot beriladi: oilaviy-huquqiy munosabatlar; oilaviy turmush psixologiyasi; reproduktiv salomatlik asoslari; ota-onalik ijobiy koʻnikmalari; iqtisod va oila byudjeti; maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlar.

FXDYO organi tomonidan har 10 kunda oʻqishga rozilik bergan shaxslarning roʻyxati shakllantiriladi va Markazga taqdim etiladi”, - deyilgan hujjatda.

Asosiy mavzular