Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklovlar joriy etildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSotrudnik za kompyuterom
Sotrudnik za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonunda Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi kabi masalalar mustahkamlab qo‘yildi.

Qonunga Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritildi. Ya’ni, Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:

Mirziyoyev: otnine banki doljni sami tanut svoyu telegu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: banklar endi "o‘z aravasini o‘zi tortishi" kerak

- haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;

- banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;

- o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab undan foydalanish.

Qonunga muvofiq, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik subyektlarining va qonunda belgilangan boshqa subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0