Markaziy Osiyoda yagona: Davlat test markazi qoshida yangi ilmiy maktab ochiladi

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiV Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi
V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika hududlarida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan katta sig‘imli bino va inshootlarni qurish uchun DTM huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yil test sinovlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin - DTM 

Unga ko‘ra, testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida Davlat test markazi qoshida “Ilmiy-o‘quv amaliy markaz” davlat unitar korxonasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, Ilmiy-o‘quv amaliy markazining asosiy vazifalari:

- test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish;

- test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bo‘yicha mutaxassislar – testologlarni tayyorlash, shuningdek, bu borada mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish tartibi qanday?

- shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik o‘lchovlar, chet tillari bo‘yicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;

- testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xorij tajribalarni o‘rganish asosida milliy tizimni yaratishga takliflar berish;

- xalqaro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Qarorda respublika hududlarida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan katta sig‘imli bino va inshootlarni qurish uchun DTM huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tashkil etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, hujjatga javoblar varaqasi namunasi hamda DTMning tuzilmasi ilova qilingan.

Yangiliklar lentasi
0