12:23 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Xleb

Bosh prokuratura boʻlka non narxi oshish sababini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
1155 0 0

Davlat tomonidan un narxini yillar davomida sunʼiy past darajada ushlab turish natijasida sohada koʻplab muammolar paydo boʻlgan.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda qolipli non narxi oshishi aholi orasida keng muhokama qilinayotgani va aholi noroziligiga sabab boʻlayotgani tufayli, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Boʻlka non naxi oshishiga asosiy sabab - Davlat tomonidan don va un sotib olish narxini sunʼiy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechib, unni erkin bozor narxida sotish siyosatiga oʻtish sabab boʻlgan.

Davlat tomonidan ushbu qadamni qoʻyishga bir necha sabablar boʻlgan:

  • davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish;
  • don va un mahsulotlari bozorida erkin bozor mexanizmlarini joriy etish;
  • fermerlar va don korxonalarining iqtisodiy zarar koʻrishini oldini olish;
  • sohada korruptsiyani kamaytirish;
  • koʻrsatilayotgan yordam adresatga yetib bormayotgani va boshqalar. 

Prokuratura xabarida aytilishiga koʻra, oldingi tartib sohada korruptsiya rivojlanishiga va dehqon xoʻjaliklari inqirozga uchrashiga olib kelgan.

“Koʻp yillar davomida amal qilib kelgan mazkur tizimdan koʻzlangan asosiy maqsad aholini arzon narxli qolipli nonga boʻlgan ehtiyojini qondirishdan iborat boʻlishi bilan birga, turli korruptsiyaviy sxemalarning vujudga kelishiga, arzon narxlarda sotib olingan undan qolipli non ishlab chiqarmasdan unni bozorlarda sotish orqali moʻmay daromad olinishiga, mahalliy unning aholiga qatʼiy oʻrnatilgan davlat narxlarida yetib bormasligiga olib kelgan”, - deyligan xabarda.

Undan tashqari, non narxi oshishiga yana Yoqilgʻi, energetika va gaz narxining yildan-yilga oshib borishi ishlab chiqarilayotgan un va non tan narxi qimmatlashuvi ham sabab boʻlayotgani qayd etilgan. Xususan, 2017 yilda un ishlab chiqaruvchi korxonalarga 1 kVt soat elektr energiyasi narxi 204,3 soʻm etib belgilangan boʻlsa, 2019 yilga kelib 450 soʻmni tashkil qilgan.

Asosiy mavzular