2020 yilda dam olish kunlari uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga ko‘ra 2020-yilda 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.Undan tashqari 2-yanvar ham dam olish kuni

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 14-noyabr kuni imzolangan farmoni bilan 2020-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

  • Farmonga ko‘ra, 2020-yilda 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Undan tashqari 2ta dam olish kuni boshqa kunga ko‘chirildi:

  • 4 yanvar – shanba 2-yanvar – payshanbaga
  • 29 avgust – shanba 31-avgust – dushanbaga

2020 yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi, - deyilgan farmonda.

Shuningdek, prezident farmonida viloyat, shahar va tuman hokimlari uzaytirilgan bayram kunlarida aholi samarali dam olishi uchun tizimli choralar ko‘rishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0