01:35 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
140710

Fargʻona viloyatida istiqomat qiluvchi Moʻminjon Tojiyev nima sababdan 28 yil SSSR pasporti bilan yashaganini tushuntirdi.

TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Fargʻona viloyatida istiqomat qiluvchi Moʻminjon Tojiyev nima sababdan 28 yil SSSR pasporti bilan yashaganini tushuntirdi.

Adliya vazirligi xabar qilishicha, Buvayda tuman adliya boʻlimining mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabullar jadvaliga asosan sayyor qabul tashkil etildi. Unda 1955 yil 16 martda tugʻilgan Moʻminjon Tojiyevga oʻziga tegishli boʻlgan sobiq SSSR fuqarolik pasportini yangi pasportga almashtirilmaganligi va natijada pensiyaga chiqaolmayotganligi masalasida murojaat qildi.

Moʻminjon Tojiyev oʻz tushuntirishida yozishicha, 1992 yilda jazoni oʻtash muassasidan jazoni oʻtab kelganidan soʻng pasportni almashtirish uchun pasport boʻlimiga murojaat etgan, biroq toʻlov qilish imkoni yoʻqligi sababli qolib ketgan, keyingi yillarda esa marhum onasi chetga chiqib ketmasligini oldini olish uchun pasportini yashirib qoʻygan, arizachi 2015 yilda onasi vafot etganidan soʻng pasportini topib olgan va uni almashtirish uchun yana pasport stolga murojaat etganligini, biroq toʻlov qilish imkoni yoʻqligi sababli hozirga qadar pasportni almashtirish imkoni boʻlmagan.

Fuqaroga amaliy yordam berish maqsadida tuman IIB bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar toʻplandi. 14 noyabr kuni otaxon pasport boʻlimiga olib kelinib, rasmga tushirildi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlandi.

Asosiy mavzular