O‘zbekiston shimolida havo 15 darajagacha sovib ketishi mumkin

© SputnikPerviy sneg
Perviy sneg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Volgabo‘yi hududidan kirib kelayotgan sovuq havo oqimi O‘zbekistonga ushbu haftada qor va –15 darjagacha sovuq havo olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi xabariga ko‘ra, ushbu haftada Respublikada havo harorati keskin sovib ketishi mumkin.  

21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.  Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir, qorga aylanadi. Shamol tezligi 15-20 metrga yetadi, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 22-24 noyabrda respublika hududi  bo‘yicha havo harorati kechasi 0 ... –5 daraja sovuq, ayrim joylarda –8 daraja sovuqqacha tushadi,  kunduzi harorat –2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

O‘zbekiston shimolida 21 – 24-noyabr kunlari havo harorati kechasi –10 ... –15 daraja sovuq, kunduzi –2 ...– 7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

© UzgidrometXolodniy vozdux iz Sentralnix rayonov RF, postupayet v Uzbekistan
O‘zbekiston shimolida havo 15 darajagacha sovib ketishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Xolodniy vozdux iz Sentralnix rayonov RF, postupayet v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0