Hokimliklar yer uchastkasini olib qo‘yish vakolatidan mahrum qilindi - yangi tartib

© Sputnik / Andrey VarenkovSnos domov
Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nizomga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berishning yangi tartiblari belgilandi. Hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi. Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Er uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berishning yangi tartibi belgilandi. Tegishli nizom tasdiqlandi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Yer uchastkalarini olib qo‘yish va zararni qoplash tartibiga doir hukumat qarori tayyorlandi

Unga ko‘ra:

- yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi;

- hokimlik yoki investor dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiradi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas;

- olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasidagi ko‘chmas mulklar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi;

- hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi;

- hokimlik yoki investor tomonidan mulkdorlarga kompensatsiya berish ishlari amalga oshiriladi.

Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 Mulkdorlarga kelishilgan kompensatsiya berilganidan so‘ng:

- mulkdor tomonidan ko‘chmas mulk bo‘shatib beriladi;

-  hokimliklar tomonidan ko‘chmas mulkni buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi adliya organlariga xulosa olish uchun yuboriladi;

- adliya organlari kompensatsiya berilganligi, uy-joylar amalda to‘liq bo‘shatilganligi va boshqa holatlarni o‘rganadi va o‘z xulosasini hokimliklarga taqdim etadi;

Snos doma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda olib qo‘yilgan yer uchun qanday kompensatsiyalar to‘lanadi?

-  adliya organlarining xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirdagina ko‘chmas mulkni buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Olib qo‘yiladigan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga Kelishuv imzolanganidan so‘ng tashabbuskorning yozma rozilik xati mavjud bo‘lgan taqdirda yoki Kelishuv (Kelishuvda nazarda tutilgan tartibda, taraflarning roziligi bilan yoki sud tartibida) bekor qilingan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Buzib tashlanadigan ko‘chmas mulk obyektini sotib olgan mulkdor mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan Kelishuvdan kelib chiquvchi avvalgi mulkdorning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Yer uchastkalari olib qo‘yilishi, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash, fuqarolarni ko‘chirish, shuningdek, kompensatsiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0