Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya bo‘yicha sho‘’ba tashkil etildi

© Sputnik / StringerSnos vetxogo jilya v Tashkente
Snos vetxogo jilya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompensatsiyalar o‘z vaqtida va to‘liq berilishining doimiy monitoringini olib borish sho‘’baning asosiy vazifalaridan biridir.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi tashkil etildi.

Sho‘’baga quyidagi vazifalar yuklatildi:

- buziladigan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablag‘lar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini o‘rganish;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritish uchun bo‘lajak qurilish obyektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;

Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
Hokimliklar yer uchastkasini olib qo‘yish vakolatidan mahrum qilindi - yangi tartib

- olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;

- yer uchastkasi olib qo‘yilishi tashabbuskori va ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlari o‘rtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;

-  kompensatsiyalar o‘z vaqtida va to‘liq berilishining doimiy monitoringini olib borish;

- yer uchastkalari olib qo‘yilishi, kompensatsiya berilishi, ko‘chmas mulk obyektlari buzilishi, shuningdek, olib qo‘yilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritib borish.

Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklarida yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0