19:11 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
251 0 0

Tatariston prezidenti tashrifi davomida biznes-forum va hududlar orasida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Noyabr oyining oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi REGNUM AA.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston bosh vaziri bilan hamda vazirliklar va muassasalar orasida muzokarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Tatariston va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari orasida biznes-forum tashkil qilish, uning natijalariga koʻra Oʻzbekiston va Tatariston hududlari orasida hamkorlik shartnomalari imzolash rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekiston va Tatariston hamkorligini asoslovchi bir necha hujjatlar bor. Toshkentda 1992 yildan buyon Tatariston vakolatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Toshkent, Samarqand, Fargʻona shaharlari hamda Qozon shahri orasida aviaqatnov yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek Oʻzbekiston va Tatariston orasida temiryoʻl qatnovi ham yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan yil davomida Tatariston va Oʻzbekiston orasida tovar ayirboshlash 57%ga oshib 146 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Tataristonning yetakchi korxonalari "KamAZ», "TAIF", "KMPO", "Pozis" shuningdek PAO "Tatneft" korxonali bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Tatariston OTMlarida 3000 dan ortiq oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Tataristondagi oʻzbeklar milliy-madaniy avtonomiyasida 8,8 ming aʼzo bor.

Asosiy mavzular