Toshkentda qassob kuydirgidan vafot etgani yolg‘on – SSV

© Sputnik / Anton DenisovGotovaya masnaya produksiya na zavode po proizvodstvu sirokopchenix kolbas
Gotovaya masnaya produksiya na zavode po proizvodstvu sirokopchenix kolbas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi kolbasa mahsulotlarida kuydirgi kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Kolbasa kuydirgi keltirib chiqarishi yolg‘on, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki Toshkentda kolbasada kuydirgi kasalligi yuqishi mumkinligi haqidagi xabarlar  – hech narsaga asoslanmagan yolg‘on xabar.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qassobchilik bilan shug‘ullangan fuqaro kuydirgi kasalligidan vafot etgani va ushbu kasallik bilan zararlangan go‘sht kolbasa ishlab chiqarish sexlariga tarqatilgani va shu bois kolbasa va sosiska mahsulotlarini iste’mol qilmaslik lozimligi haqidagi audio murojaat tarqalgan edi.  

SSV vaziyatni o‘rganib chiqib quydagilarni ma’lum qilgan:

  • oxirgi oylarda vazirlik tasarrufidagi shifoxonalarga kuydirgi kasalligi alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaatlar bo‘lmagan va o‘lim holati umuman qayd etilmagan;
  • yuqori haroratda ishlov berilgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarida kuydirgi kasalligi mikroblari nobud bo‘lib, kasallik keltirib chiqarish xususiyati yo‘qoladi. Shu bois ham kolbasa mahsulotlari kuydirgi kasalligini keltirib chiqarmaydi;

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning qayd etishicha, kuydirgi kasalligini tashqi muhitda (tuproqda) o‘ta chidamli bo‘lgan bakteriya qo‘zg‘atadi. Ushbu kasallik, asosan, terida ochiq yaralari bo‘lgan inson tomonidan kasallangan chorva mollarini so‘yish jarayonida yuqishi mumkin. Kasallik odamlarda asosan terida yara shaklida, hayvonlarda esa septik shaklda uchraydi. Mazkur kasallik hayvonlardan odamlarga yuqadi, kasal odamdan sog‘lom odamga yuqmaydi.

Yangiliklar lentasi
0