Uzoq qolib ketmaysiz: chegaradan o‘tish daqiqalarda belgilab qo‘yildi

© Sputnik Amir IsayevKPP "Patar" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana
KPP Patar na granitse Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tasdiqlangan nizomga ko‘ra, avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolar Davlat chegarasida 30 daqiqadan ortiq qolib ketmaydi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti aniq belgilandi:

  • yengil avtotransport vositalari – 15 daqiqa;
  • yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa.

Har bir nazoratning aniq vaqti belgilangan:

  • sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 3 daqiqa;
  • chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqni beruvchi hujjatlar va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa;
  • bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi) – 15 daqiqa;
  • fitosanitariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar fitosanitariya nazorati obyekti bo‘lsa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa;
  • veterinariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati obyekti bo‘lsa, veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlaganida nazoratdan o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0