03:55 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
360 0 0

“Aqlli suv” qurilmalari suv xoʻjaligi obʼyektida suv sarfini onlayn kuzatish imkonini beradi va suvni isrof qilishga yoʻl qoʻymaydi.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Shu yil noyabr-dekabr oylarida “Aqlli suv” qurilmalari oʻrnatiladi va yagona tizimga ulanadi. Bu haqda Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Hamrayev Shavkat maʼlum qildi.

“Bugungi kunda 61 ta nuqtaga moʻljallangan “Aqlli suv” qurilmalari Oʻzbekistonga olib kelindi, shu yil noyabr-dekabr oylarida ular oʻrnatiladi va yagona tizimga ulanadi”, - dedi vazir Xalqaro press-klubdagi "Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muamolarni hal qilishning yangi davri" mavzusiga bagʻishlangan anjumanda.

Uning taʼkidlanishicha, mamlakatning eng koʻp suv talab etadigan hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasidir. Chunki Qoraqalpogʻiston yeri shoʻr va aholisi sholichilik bilan shugʻullanadi. Bu omillar hududning suvga boʻlgan talabini oshirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev vazirlikka 61 ta suv xoʻjaligi obʼyektida suv sarfini onlayn kuzatish imkonini beruvchi “Aqlli suv” tizimini joriy etish vazifasini topshirgan edi.

Asosiy mavzular