21:43 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
18010

Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. “Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Shunga koʻra, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- 2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;

- 2019 yilda Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va oʻz mablagʻlari hisobidan tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari.

Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, Xotin-qizlar qoʻmitalarining tavsiyanomasi asosida 3 ming 112 nafar xotin-qizlarga 85 mlrd 500 mln soʻmlik kreditlar ajratilishiga koʻmaklashish ham nazarda tutilgan.

“Milliy qadriyat, anʼana va urf-odat” respublika hunarmand xotin-qizlarining koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Asosiy mavzular