Bunday mazali taomlarni hech qayerda tanovul qilmaganman - Habib Nurmagomedov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda GFS aralash yakkakurash bo‘yicha turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov va O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun Toshkentda GFS 20 turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov: sportchi bo‘lmaganimda, ehtimol pomidor sotuvchisi bo‘lardim

Unda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov va O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov ishtirok etdi.

O‘zbek xalqi mehmondo‘stligi haqida jurnalistning hazil savoliga Habib Nurmagomedov quyidagicha javob berdi:

"Men vazndan xalos bo‘lishim kerak, shuning uchun bu yerda hech qanday kulgili narsani ko‘rmayapman. Qanday bo‘lmasin, vazn yo‘qotishgacha hali vaqt bor. Men kuniga kamida bir marta mashq qilaman, kecha esa ikki marta mashq qildim”, - dedi Nurmagomedov.

Habib Nurmagomedov o‘zbek taomlari singari mazali taomlarni hech qayerda iste’mol qilmaganligini aytdi.

“Men ko‘p joyda bo‘lganman, biroq bunday mazali taomlarni tanovul qilmaganman. Taomlar juda xilma-xil. Hammasi eng yuqori darajada. Hozircha bu yerda mehmonmiz, vazn haqida o‘ylamaymiz, taomlardan zavq olamiz”, - deb qo‘shimcha qildi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 23-noyabr kuni GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmagomedov unda taklif qilingan nufuzli mehmon sifatida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0