13:25 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Arlem Dezir

YEXHT: Oʻzbekistonga OAV vakillarini himoya qiluvchi ombudsmen kerak

BERTRAND GUAY / AFP
Jamiyat
Havola olish
232 0 0

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Oʻzbekiston OAV vakillari himoyasi sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.  

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. YEXHT Oʻzbekistonda OAV erkinligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda TIV.

Xususan, YEXHTning OAV erkinligi boʻyicha maxsus vakili Arlem Dezir oʻz hisobotida Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilinayotganini, OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida turli tabirlar tashkil etilayotganini va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda prezident huzuridagi Axborot va OAV agentligi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini qayd etdi.

Londonda boʻlib oʻtgan ushbu yigʻilishda soʻzga chiqqan Oʻzbekistonning YEXHTdagi vakili Sherzod Asadov ham Oʻzbekistonda soʻz erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida hikoya qilib berdi.

Xususan, elchi OAV sohasida qonunchilikni takomillashtirish, blogerlarni qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekistonda jurnalistlar manfaatini himoya qiluvchi ombudsmen lavozimini kiritishni taklif qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston soʻz erkinligi borasida YEXHT bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu tashkilot vakillari bilan doimiy uchrashuvlar oʻtkazilib turibdi.

Asosiy mavzular